Javohir Sindorov 2026-yilgi Naroditskiy Memorial Blitz turnirida g'olib bo'ldi
Javohir Sindorov 2026-yilgi Naroditskiy Memorial Blitz turnirida g'olib bo'ldi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov taniqli shaxmatchi va grossmeyster Daniel Naroditskiy xotirasiga bag'ishlangan Naroditskiy Memorial Blitz 2026 turnirida g'olib chiqdi.
Musobaqa yakunida O'zbekiston vakili mumkin bo'lgan 9 balldan 7,5 ball to'pladi va birinchi o'rinni egalladi.
Turnirdagi g'alabasi uchun Sindorov 6000 dollarlik bosh sovrinni qo'lga kiritdi.
Avvalroq, o'zbekistonlik grossmeyster Naroditskiy Memorial Rapid 2026 turnirida ham g'olib bo'lgan va xotira musobaqasida ikki karra g'alaba qozongan edi.