Janubiy Koreyaning BOMI Engineering Farg‘onada loyihalarni rejalashtirmoqda

Janubiy Koreyaning BOMI Engineering Farg‘onada loyihalarni rejalashtirmoqda

Janubiy Koreyaning BOMI Engineering Farg‘onada loyihalarni rejalashtirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Janubiy Koreyaning yirik qurilish kompaniyalaridan biri — “BOMI Engineering Construction” kompaniyasi direktori Kang Changxunni qabul qildi.

Uchrashuvda qurilish sohasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Kompaniya rahbari Farg‘ona shahrida koreys uslubida zamonaviy yirik komplekslar barpo etish rejalari xususida so‘z yuritdi hamda o‘zaro manfaatli loyihalarda ishtirok etishdan mamnun ekanini  taʼkidladi. 

Viloyat hokimi O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilayotganini alohida qayd etib, kompaniya tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi. 

Uchrashuv yakunida investorlar tomonidan loyihalarni amaliy bosqichga o‘tkazish va ishlarni jadallashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling