Janubiy Koreyaning AHA Co. Farg‘onada loyihalarni kengaytirmoqda
Janubiy Koreyaning AHA Co. Farg‘onada loyihalarni kengaytirmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Janubiy Koreyaning AHA Co., Ltd kompaniyasi O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatida axborot texnologiyalari va taʼlim sohalarida sherik sifatida qator istiqbolli loyihalarni amalga oshirishni boshladi.
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov kompaniya rahbari Ku Gi Do bilan uchrashib, mazkur loyihalarning borishi hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan fikr almashdi.
Muloqot davomida axborot texnologiyalari sohasidagi yangi tashabbuslar, taʼlim yo‘nalishida xalqaro grantlar asosida amalga oshirishga kirishilayotgan loyihalar va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.
“AHA Co., Ltd” kompaniyasi tomonidan Farg‘ona viloyatida boshlanayotgan loyihalar hududning innovatsion salohiyatini oshirish, yoshlar uchun zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Uchrashuvda o‘zaro ishonch va manfaatli hamkorlik asosida bunday loyihalar ko‘lamini yana-da kengaytirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirishga kelishildi.