7
Sport

Ispaniya JCH yarim finaliga yo‘l oldi

Ispaniya JCH yarim finaliga yo‘l oldi
Ispaniya JCH yarim finaliga yo‘l oldi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Ispaniya terma jamoasi futbol bo‘yicha jahon chempionatining chorak final uchrashuvida Belgiyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi. Uchrashuv AQSHning Kaliforniya shtati Inglvud shahrida bo‘lib o‘tdi.

Ispaniyaliklar hisobni uchrashuvning 30-daqiqasida ochishdi. Fabian Ruis kiritgan gol jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

Birinchi bo‘lim tugashiga oz vaqt qolganda belgiyaliklar muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. 41-daqiqada Sharl De Ketelare gol muallifiga aylandi.

G‘alaba golini 88-daqiqada Mikel Merino kiritib, Ispaniya terma jamoasining musobaqaning keyingi bosqichiga chiqishini taʼminladi.

Jahon chempionatining yarim finalida Ispaniya terma jamoasi Fransiyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 14 iyul kuniga belgilangan.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.