O‘zbekiston

Islomobodda Toshkent koʻchasi va Bobur bogʻi boʻladi

Islomobodda Toshkent koʻchasi va Bobur bogʻi boʻladi
Islomobodda Toshkent koʻchasi va Bobur bogʻi boʻladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Pokistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlarning navbatdagisi Islomoboddagi koʻchalardan biriga Toshkent va yangidan barpo etiladigan bogʻga Zahiriddin Muhammad Bobur nomini berish marosimi boʻldi.

Bosh vazir Shahboz Sharif ushbu qaror ikki mamlakat oʻrtasidagi yaqin tarixiy va madaniy aloqalarni aks ettirishi hamda Oʻzbekiston – Pokiston koʻp qirrali sheriklik munosabatlarining strategik darajasini yana bir bor tasdiqlashini taʼkidladi.

Toshkent koʻchasi va buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Bobur nomi bilan ataladigan yangi bogʻ xalqlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik va mehr-oqibat rishtalarini yanada mustahkamlashga boʻlgan oʻzaro intilish qatʼiy ekanining yaqqol ramziga aylanishi alohida taʼkidlandi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.