Hamkorbank va HBCAPITAL «Tartibga solish qumdoni»ga kirdi
Hamkorbank va HBCAPITAL «Tartibga solish qumdoni»ga kirdi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Hamkorbank aksiyadorlik-tijorat banki va HBCAPITAL MCHJni kapital bozori sohasidagi maxsus huquqiy rejim — «Tartibga solish qumdoni» ishtirokchilari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazdi.
Maxsus huquqiy rejim doirasida Hamkorbank xorijiy valyutada nominallashtirilgan obligatsiyalarni chiqarishni rejalashtirmoqda.
HBCAPITAL MCHJ esa ushbu qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va joylashtirish jarayonida investitsiya vositachisi vazifasini bajaradi.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligida qayd etilishicha, loyiha «Tartibga solish qumdoni» mexanizmi doirasida amalga oshiriladi. Ushbu mexanizm yangi moliyaviy mahsulotlar va xizmatlarni maxsus huquqiy rejim sharoitida sinovdan o‘tkazish imkonini beradi.