Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Suriyaning Halab shahrida “Suriya–O‘zbekiston” savdo uyi ish boshlaydi. U o‘zbek mahsulotlarini xorijiy bozorda ilgari surish va mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun yangi eksport imkoniyatlarini yaratishga xizmat qiladi. Bu haqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi xabar berdi.
Tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilarga savdo uyiga joylashtirish va namoyish etish uchun mahsulot namunalarini taqdim etish taklif qilindi.
Ustuvor yo‘nalishlar ro‘yxatiga mebel sanoati, marlidan tayyorlangan texnik mahsulotlar, farmatsevtika, qandolatchilik va kabel mahsulotlari, shuningdek, mineral o‘g‘itlar kiritildi.
Namunalarni yig‘ish, ularni Suriyaga yetkazib berish va savdo uyida namoyish etish bilan bog‘liq xarajatlar «Savdoni rivojlantirish kompaniyasi» AJ mablag‘lari hisobidan qoplanadi.