O‘zbekiston

Toshkent metropoliteni yo‘lovchilar soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi

Toshkent metropoliteni yo‘lovchilar soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi
Toshkent metropoliteni yo‘lovchilar soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi / Foto: UzDaily.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 14 sentyabr kuni Toshkent metropoliteni bir sutkada tashilgan yo‘lovchilar soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi. Kun davomida metro xizmatlaridan 1 165 550 kishi foydalandi. Bu haqda Toshkent metropoliteni matbuot xizmati xabar berdi.

 

Bunga qadar eng yuqori ko‘rsatkich 2026 yil 8 may kuni qayd etilgan bo‘lib, o‘sha kuni metropoliten 1 117 061 nafar yo‘lovchini tashigan.

Yangi rekord avvalgi maksimal ko‘rsatkichdan 48 489 nafar yo‘lovchiga yuqori bo‘ldi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.