O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

Futzal bo‘yicha 2026-yilgi Osiyo Kubogi saralash bosqichiga qur’a tashlandi

Dilafro'z Niyazova · 27.06.2025 · 11:30 · 716 views
Futzal bo‘yicha 2026-yilgi Osiyo Kubogi saralash bosqichiga qur’a tashlandi
Futzal bo‘yicha 2026-yilgi Osiyo Kubogi saralash bosqichiga qur’a tashlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionati saralash bosqichidagi raqiblarini bilib oldi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, terma jamoa “F” guruhida ishtirok etadi, uning raqibi Qirg‘iziston, Sharqiy Timor va Falastin terma jamoalari bo‘ladi.

O'zbekiston bosh murabbiyi jamoasi ilk o'yinini 20 sentyabr kuni o'tkazadi — raqib Falastin terma jamoasi bo'ladi.

Undan keyin 22 sentyabr kuni Sharqiy Timorga qarshi bahs bo'lib o'tadi.

“F” guruhidagi saralash bosqichi 24-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan Qirg‘iziston bilan o‘yin bilan yakunlanadi.