Fargʻona va Omsk viloyatlari hamkorlikni kengaytirmoqda
Fargʻona va Omsk viloyatlari hamkorlikni kengaytirmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Rossiya Federatsiyasining Omsk viloyati gubernatori Vitaliy Xotsenko boshchiligidagi rasmiylar va tadbirkorlardan iborat delegatsiya Farg‘ona viloyatiga tashrifi doirasida hududning sanoat va iqtisodiy salohiyati bilan yaqindan tanishdi.
Mehmonlar zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarida bo‘ldi, milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish borasidagi ishlar haqida maʼlumot berildi. Omsk viloyati ishbilarmonlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha bilan ham yaqindan tanishtirildi.
Delegatsiya aʼzolari hududda yaratilgan qulay ishbilarmonlik muhiti, sanoat salohiyati va eksportbop mahsulotlar turiga yuqori baho berib, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni yana-da kengaytirish, yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga katta qiziqish bildirdilar.