Farg‘onadagi yong‘in oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
Farg‘onadagi yong‘in oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 16 iyun kuni kechki payt Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida inson qurbonlari va mol-mulkka zarar yetgani qayd etildi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.
Idora maʼlumotlariga ko‘ra, yong‘in yashash uchun mo‘ljallanmagan bino hamda uchta avtomobilni qamrab olgan.
Hodisa natijasida ikki kishi halok bo‘lgan, yana uch nafar fuqaro turli darajada tan jarohatlari olgan.
Ayni vaqtda yong‘in kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda. Hodisa joyida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati va tuman xizmatlari ish olib borgan.
UzDaily
·
👁 38 views
·
17.06.2026 · 09:55