Farg‘onada agroeksport loyihasi rivoji muhokama qilindi

Farg‘onada agroeksport loyihasi rivoji muhokama qilindi

Farg‘onada agroeksport loyihasi rivoji muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov Beshariq tumanida Belarus, Latviya hamda Polsha investorlari ishtirokida amalga oshirilayotgan mevalarni qayta ishlash, quritish, qadoqlash va eksport qilishga ixtisoslashgan “Beshagro Smakarol” qo‘shma korxonasi vakillarini qabul qildi.

Muloqot davomida investorlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, korxonaning ishlab chiqarish imkoniyatlari, eksport salohiyati hamda kutilayotgan iqtisodiy natijalar yuzasidan batafsil maʼlumot taqdim etildi.

Loyiha doirasida xo‘l mevalarni quritib qadoqlash, shuningdek, ular asosida shokolad mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Natijada mavjud ish o‘rinlari soni 50 tadan 200 tagacha oshirilib, kasanachilar soni 500 nafarga yetkaziladi. Tayyor mahsulotlarni Yevropa davlatlariga eksport qilish ko‘zda tutilgan.

Uchrashuvda mazkur loyihani amalga oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan tashabbuslar viloyat hokimligi tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi taʼkidlandi. Shuningdek, korxonani qisqa muddatlarda ishga tushirish uchun barcha zaruriy amaliy yordam ko‘rsatilishi bildirildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling