Farg‘ona viloyati va Runking avtoloyihalarni muhokama qildi
Farg‘ona viloyati va Runking avtoloyihalarni muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Runking Automotive Group” kompaniyasi direktori Jeng Guochuan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Uchrashuvda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da rivojlantirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Muloqot chog‘ida so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari barcha sohalarda izchil mustahkamlanib borayotgani, hududlararo hamkorlik aloqalari tobora faollashayotgani alohida taʼkidlandi.
Xususan, viloyatimizda ham xitoylik investorlar ishtirokida qator yirik va istiqbolli loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani qayd etildi. Shuningdek, “Runking Automotive Group” kompaniyasi bilan hamkorlikda istiqbolda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi hamda kelgusidagi amaliy ishlar bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.