Farg‘ona va Perm o‘lkasi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Farg‘ona va Perm o‘lkasi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Farg‘ona va Perm o‘lkasi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov Rossiyaning Perm o‘lkasi tadbirkorlaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuvda O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanib borayotgani, davlat rahbarlari o‘rtasidagi ochiq va ishonchli muloqotlar hududlararo hamkorlikni yana-da mustahkamlashga xizmat qilayotgani alohida taʼkidlandi.

Muloqot chog‘ida viloyatning sanoat salohiyati, eksport imkoniyatlari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi. Shuningdek, Perm o‘lkasi bilan sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, qurilish, taʼlim, tekstil yo‘nalishlarida qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini yo‘lga qo‘yish, eksport hajmini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Savdo-sanoat palatalari o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish, ishbilarmon doiralar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish, biznes forumlar, B2B uchrashuvlar va ko‘rgazmalarni muntazam tashkil etish yuzasidan takliflar almashildi. Bu kabi tadbirlar yangi investitsiya loyihalarini shakllantirish va o‘zaro savdo aylanmasini oshirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Uchrashuv yakunida mavjud imkoniyat va salohiyatdan samarali foydalanish, o‘zaro manfaatli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda hududlar o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish borasidagi ishlarni jadallashtirishga kelishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling