Farg‘ona Perm o‘lkasi bilan biznes-forum o‘tkazdi

Farg‘ona Perm o‘lkasi bilan biznes-forum o‘tkazdi

Farg‘ona Perm o‘lkasi bilan biznes-forum o‘tkazdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona shahrida Perm o‘lkasi ishbilarmonlari hamda viloyatimiz tadbirkorlari ishtirokida biznes-forum tashkil etildi.

Mazkur tadbir ikki hudud ishbilarmon doiralari o‘rtasida o‘zaro manfaatli aloqalarni yana-da mustahkamlash, savdo-iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish hamda qo‘shma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratildi.

Forumda ishbilarmon doira vakillari, tadbirkorlar, Savdo-sanoat palatasi hamda tegishli tashkilot va idoralar mutasaddilari ishtirok etdi. Tadbir davomida savdo-sanoat, investitsiya, iqtisodiy hamkorlik va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, ikki hududning iqtisodiy salohiyati, investitsiyaviy imkoniyatlari va ustuvor yo‘nalishlarini aks ettiruvchi taqdimotlar hamda videoroliklar namoyish etildi. Ochiq muloqot shaklida o‘tgan forumda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi, o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashildi.

Forum doirasida tadbirkorlar o‘rtasida B2B formatda uchrashuvlar tashkil etilib, amaliy muloqotlar o‘tkazildi. Mazkur uchrashuvlar aniq loyihalarni shakllantirish, yangi tashabbuslarni ilgari surish hamda o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishish uchun mustahkam zamin yaratdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling