Fargʻona va Yaponiya hamkorlikning yangi bosqichiga qadam qoʻymoqda: 6 shartnoma imzolandi va 5 million dollarlik kelishuvlarga erishildi
Fargʻona va Yaponiya hamkorlikning yangi bosqichiga qadam qoʻymoqda: 6 shartnoma imzolandi va 5 million dollarlik kelishuvlarga erishildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi rasmiy va ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiyaning Yaponiyaga xizmat safari hamkorlikning yangi bosqichini boshlab berayotganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Muhim jihati, yapon kompaniyalarining O‘zbekistonga, xususan, Farg‘onaga bo‘lgan qiziqishi juda kuchli. Bu esa hududlararo aloqalarni mustahkamlash, investitsiya loyihalarini amalga oshirishga xizmat qiladi.
Safar davomida Tokio va Xachiouji shaharlari, Chiba va Tochigi prefekturalari rahbarlari, ularning yirik avtomobilsozlik, elektrotexnika, IT, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat, taʼlim, tibbiyot va xalqaro savdo kompaniyalari vakillari bilan muzokaralar o‘tkazildi. Biznes-forum, vatandoshlar bilan tadbirlar tashkil qilindi, savdo-iqtisodiy imkoniyatlari namoyish etildi.
Yaponiyaning tibbiyot, IT va oziq-ovqat sanoati tajribasi joyiga chiqqan holda o‘rganilib, o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi 6 ta kelishuv imzolandi, shuningdek, investitsiya va savdo bitimlari ishlab chiqildi.
10 ta IT kompaniyasi bilan hamkorlik doirasida 2027 yil yakuniga qadar 5 mln dollarlik xizmatlar eksportini amalga oshirishga kelishildi.
Viloyat delegatsiyasining kunchiqar davlatdagi xizmat safari yakunlandi.