O‘zbekistondan Vyetnamga turistlar oqimi 44,7 foizga oshdi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonning 23 409 nafar fuqarosi turistik maqsadlarda Vyetnamga tashrif buyurdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 44,7 foizga ko‘p bo‘lib, o‘sish 7,2 ming nafarni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi maʼlum qildi.
Safarlarning asosiy qismi sayyohlik maqsadida amalga oshirildi. Jumladan, 22 030 nafar fuqaro sayohat uchun Vyetnamga borgan. Yana 1 212 nafar fuqaro qarindoshlarini ziyorat qilish maqsadida ushbu mamlakatga yo‘l olgan.
Bundan tashqari, 157 ta safar davolanish maqsadida, 10 tasi esa xizmat vazifalari bilan bog‘liq holda amalga oshirilgan.
Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yilning birinchi yarim yilligiga nisbatan O‘zbekiston fuqarolarining Vyetnamga qilgan safarlari soni qariyb 45 foizga oshgan.