Etihad Airways aviakompaniyasi Toshkent-Abu-Dabi reyslarini yo'lga qo'ydi

Etihad Airways aviakompaniyasi Toshkent-Abu-Dabi reyslarini yo'lga qo'ydi

Etihad Airways aviakompaniyasi Toshkent-Abu-Dabi reyslarini yo'lga qo'ydi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 17-avgustdan Etihad Airways O‘zbekistonga muntazam parvozlarni boshlaydi. Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev hamda “Etihad Airways” aviakompaniyasi bosh operatsion direktori kapitan Majed Al-Marzuki bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ushbu kelishuvga erishildi.

Aviakompaniya bosh ofisida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) o‘rtasidagi aviaqatnovlarning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama etishdi.

Xususan, uchrashuvda "Etihad Airways" aviakompaniyasining O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yish hamda bosqichma-bosqich yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi. Muzokaralar yakuniga ko‘ra, joriy yil 17-avgustidan e’tiboran "Etihad Airways" tomonidan Toshkent – Abu Dabi – Toshkent yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

O‘zbekiston hamda BAA poytaxtlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarning tiklanishi O‘zbekistonlik yo‘lovchilarning "Etihad Airways"ning keng ko‘lamli yo‘nalishlar tarmog‘idan foydalanish, Abu-Dabi orqali qulay ulanishlar bilan Yevropa, Osiyo, Avstraliya, Afrika va Shimoliy Amerikadagi 70 dan ortiq xalqaro yo‘nalishlarga uchish imkonini beradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling