Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Eldor Shomurodov “Roma” bilan shartnomasini 2027 yilgacha uzaytirdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Italiyaning “Roma” klubi bilan shartnomasini 2027 yilgacha uzaytirdi, deb xabar bermoqda Calciomercato nashri.
Qayd etilishicha, futbolchi rimliklar safida qolish uchun maoshini kamaytirishga rozi bo‘lgan.
Manba maʼlumotiga ko‘ra, avvalroq Shomurodov AQSHning «Atlanta Yunayted» klubiga o‘tishi kerak edi, ammo byurokratik xatolik sababli transfer amalga oshmadi.
2025 yil 10 aprel holatiga ko‘ra, Shomurodov “Roma” tarkibida 78 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol urgan.