O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

Dzyudochi Shahram Ahadov Sindaodagi Gran-prida kumush medal qo‘lga kiritdi

UzDaily tahririyati · 29.06.2026 · 16:00 · 28 views
Dzyudochi Shahram Ahadov Sindaodagi Gran-prida kumush medal qo‘lga kiritdi

Dzyudochi Shahram Ahadov Sindaodagi Gran-prida kumush medal qo‘lga kiritdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Shahram Ahadov Xitoyning Sindao shahrida o‘tayotgan nufuzli Gran-pri turnirlaridan birida yuqori sport natijasini qayd etdi.

73 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchi musobaqaning barcha saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, yakunda kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Finalga qadar bo‘lgan yo‘lda Ahadov Finlyandiya, Qozog‘iston, Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklari vakillarini ishonchli tarzda mag‘lub etdi.

Turnirning oltin medali uchun hal qiluvchi bahsda o‘zbekistonlik dzyudochiga Yaponiya vakili, jahon chempionatlarining uch karra sovrindori Tatsuki Isixara raqiblik qildi.

Tatamida kechgan keskin kurashda Ahadov tajribali yapon sportchisiga imkoniyatni boy berdi va Xitoydagi Gran-pri bosqichini vitse-chempion sifatida yakunladi.