Futbol bo‘yicha CHM-2026: 19 jamoa pley-offga chiqdi
Futbol bo‘yicha CHM-2026: 19 jamoa pley-offga chiqdi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionatida guruh bosqichi navbatdagi o‘yinlar to‘plami yakunlandi. Ularning natijalariga ko‘ra, 19 ta milliy terma jamoa rasman pley-off bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
48 jamoa ishtirokida o‘tayotgan kengaytirilgan formatdagi jahon chempionati guruhlardan chiqish uchun kurashni yana-da keskinlashtirdi. Shunga qaramasdan, bir qator yetakchi va o‘rta darajadagi jamoalar 1/16 finalga oldindan yo‘l oldi.
Pley-offga chiqqan jamoalar orasida musobaqa mezbonlari — Meksika va Kanada bilan birga Janubiy Afrika Respublikasi, Shveysariya, Bosniya va Gersegovina, Braziliya, Marokash, AQSH, Avstraliya, Germaniya, Kot-d‘Ivuar, Ekvador, Niderlandiya, Yaponiya, Shvetsiya, Fransiya, Norvegiya, Kolumbiya hamda amaldagi jahon chempioni — Argentina terma jamoasi bor.
Ushbu jamoalarning bir qismi guruhlarda birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallab to‘g‘ridan-to‘g‘ri pley-offga chiqqan bo‘lsa, ayrimlari, jumladan Ekvador va Shvetsiya, eng yaxshi uchinchi o‘rin egalari sifatida navbatdagi bosqichga yo‘l olgan.
Turnir setkasi 1/16 final bosqichi uchun dastlabki rasmiy juftliklarni ham shakllantirdi. Janubiy Afrika Respublikasi Kanadaga qarshi 28 iyun kuni Inglvudda o‘ynaydi. Braziliya Yaponiya bilan 29 iyun kuni Xyustonda maydonga tushadi. Niderlandiya Marokashga qarshi 30 iyun kuni Monterreyda o‘ynaydi. AQSH esa Bosniya va Gersegovina terma jamoasi bilan 2 iyul kuni Santa-Klarada uchrashadi.
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA)ning yangi reglamentiga ko‘ra, har bir guruhdan ikki eng yaxshi jamoa to‘g‘ridan-to‘g‘ri pley-offga chiqadi, ularga eng yaxshi uchinchi o‘rin egalari bo‘lgan sakkizta jamoa qo‘shiladi. Futbol marafoni 19 iyul kuni final o‘yini bilan yakunlanadi.