Sport

Chexiya va JAR jahon chempionatida durang o‘ynadi

Chexiya va JAR jahon chempionatida durang o‘ynadi
Chexiya va JAR jahon chempionatida durang o‘ynadi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Futbol bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichining ikkinchi turida Chexiya va Janubiy Afrika Respublikasi terma jamoalari 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Uchrashuv AQSHning Jorjiya shtati, Atlanta shahrida bo‘lib o‘tdi.

Chexiya terma jamoasi hisobni 6-daqiqada ochdi. Golga Mixal Sadilek mualliflik qildi. JAR terma jamoasi esa o‘yin so‘nggi qismida mag‘lubiyatdan qutulib qoldi — 83-daqiqada Teboxo Mokoyena penaltini aniq amalga oshirib, uchrashuvning yakuniy hisobini o‘rnatdi.

Uchrashuvni amerikalik hakam Tori Penso boshqardi. U erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati bahsida bosh hakam sifatida ishlagan tarixdagi ikkinchi ayolga aylandi. Undan avval bu natijaga 2022 yilgi jahon chempionatida Germaniya va Kosta-Rika terma jamoalari o‘rtasidagi bahsni boshqargan fransiyalik Stefani Frappar erishgan edi.

Chexiya va JAR terma jamoalari A guruhida ishtirok etmoqda. Birinchi turda Chexiya Janubiy Koreya terma jamoasiga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, JAR Meksikaga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.

Guruh bosqichining hal qiluvchi uchrashuvlari 25 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Chexiya Meksikaga qarshi maydonga tushadi, JAR esa Janubiy Koreya bilan bahs olib boradi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.