Deputatlar tomonidan Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi qonun qabul qilindi

Deputatlar tomonidan Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi qonun qabul qilindi

Deputatlar tomonidan Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi qonun qabul qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Majlisda tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda muhokama qilindi.

Qonun loyihasi bilan Iqtisodiy protsessual hamda Soliq kodekslariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Jumladan, soliq to‘lovchi bo‘lgan tadbirkorlik sub’ekti o‘zining soliqqa oid huquqbuzarligini tan olganda va e’tiroz bildirmaganda, tadbirkorning bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish soliq organlari tomonidan amalga oshirilishi belgilanmoqda.

Huquqbuzarlik bartaraf etilganda hisobvaraq faoliyatiga qo‘yilgan cheklovni bekor qilish ham soliq organi tomonidan amalga oshirilishi taklif etilyapti. Endilikda qoidabuzilish tan olinsa ish sudgacha bormaydi. Kiritilayotgan mazkur o‘zgartirishlar qoidabuzilishlarni tez fursatda bartaraf qilish va tadbirkor faoliyatini qisqa vaqtda qayta davom ettirish imkonini beradi.

Shu bilan birga, soliq to‘lovchi soliq organining qarori yuzasidan e’tiroz bildirsa, uning bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish soliq organining arizasiga asosan Iqtisodiy sud tomonidan amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda.

Zuhriddin MAVLONOV, Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi: Qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida deputatlar, ekspertlar bildirgan taklif va tavsiyalar ishchi guruh hamda qo‘mita a’zolari ishtirokida batafsil ko‘rib chiqilib, loyiha normalari takomillashtirildi. Ushbu hujjat tadbirkorlik sub’ektlarining o‘z faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ortiqcha tartib-taomillarni bartaraf etadi, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatining barqarorligini ta’minlaydi.

Muhokamalardan so‘ng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling