O‘zbekiston

Davlat rahbari Namanganga jo‘nab ketdi

Davlat rahbari Namanganga jo‘nab ketdi
Davlat rahbari Namanganga jo‘nab ketdi / Foto: Oʻzbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-sentyabr kuni Namanganga jo‘nab ketdi.

Bu viloyat tadbirkorlik va sanoat hududi. So‘nggi sakkiz yilda Namanganga 7 milliard dollar xorijiy investitsiya kiritilgan, 8 mingga yaqin yangi korxona ishga tushgan. Qishloq xo‘jaligi, turizm, xizmat sohalari ham rivojlanib, aholi bandligini ta’minlamoqda.

Prezident tashrifidan maqsad shunday namunali loyihalar bilan tanishish va yangi marralarni belgilashdir. Safar dasturidan qurilish, sanoat, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi korxonalari, ijtimoiy muassasalar o‘rin olgan. 

Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari “Kambag‘allikdan farovonlik sari” III xalqaro forumida ham ishtirok etadi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.