Chust va Koshalin egizaklar o'rtasidagi anglashuv memorandumini imzoladilar

Chust va Koshalin egizaklar o'rtasidagi anglashuv memorandumini imzoladilar

Chust va Koshalin egizaklar o'rtasidagi anglashuv memorandumini imzoladilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ayni kunlarda Polsha Respublikasining Koshalin shahri meri Tomash Soberay boshchiligidagi delegatsiyaning Chust tumaniga tashrifi davom etmoqda.

Tashrif doirasida mehmonlar tumanning sanoat korxonalarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar. Jumladan, “Chust O‘rikzor” korxonasida tumanda yetishtirilayotgan meva-sabzavot va dukkakli mahsulotlarni zamonaviy innovatsion usullar asosida qayta ishlash jarayonlari hamda tayyor mahsulot turlari keng namoyish etildi.

Shuningdek, delegatsiya aʼzolariga tumanning iqtisodiy va investitsion salohiyati bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazilib, hududdagi diqqatga sazovor tarixiy va madaniy maskanlar — “Bibiona” ziyoratgohi, “Mavlono Lutfullo” nomidagi istirohat bog‘i hamda hunarmandchilik faoliyatlari bilan tanishtirildi.

Tashrif davomida Chust tumani va Koshalin shahri o‘rtasida iqtisodiyot va savdo, sanoat, madaniyat va sport, fan va taʼlim, innovatsiyalar hamda axborot texnologiyalari sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan “Birodar tumanlar” memorandumi imzolandi.

Mazkur tashrif doirasida erishilgan kelishuvlar hududlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, investitsion hamkorlikni kengaytirish hamda barcha sohalarda o‘zaro aloqalarni yana-da rivojlantirishga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling