Boks bo'yicha jahon chempioni Rufat Risqiyev vafot etdi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Afsonaviy o‘zbek bokschisi Rufat Risqiyev uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng 76 yoshida vafot etdi, deb xabar beradi O‘zbekiston boks federatsiyasi.
Risqiyev o‘zbek bokschilari orasida birinchi bo‘lib jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritgan. U 1974 yilda jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan. 1976 yilda Monrealda o‘tkazilgan Olimpiadada esa kumush medal sohibi bo‘lgan.
So‘nggi yillarda Risqiyev og‘ir kasallik bilan kurashib kelgan. O‘zbekiston boks federatsiyasi sportchining oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur taʼziya bildirdi.
2020 yilda Rufat Risqiyev “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan. 2019 yildan buyon O‘zbekiston boks chempionatida turnirning eng yaxshi sportchisiga uning nomi bilan ataluvchi sovrin topshirib kelinadi.
Rufat Risqiyev o‘zbek boksi tarixida salmoqli iz qoldirdi. U O‘zbekiston vakili sifatida birinchi bo‘lib jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritgan sportchi sifatida tarixga kirgan.