BMT Nukusda Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

BMT Nukusda Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

BMT Nukusda Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 16 aprel kuni Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev Birlashgan Millatlar Tashkilotining mamlakatimizdagi agentliklari rahbarlari bilan uchrashdi.

Unda dastlab, Jo‘qorg‘i Kenges Raisi hurmatli Prezidentimiz tomonidan Qoraqalpog‘iston uchun alohida qabul qilingan qaror va farmonlar asosida yaratilgan imkoniyatlar, yurtimizning investitsiya salohiyatini oshirish, tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida keng turda taʼkidlab o‘tdi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining farovon hayotini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, mintaqani yana-da rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli rejalar haqida yaqindan fikr almashildi.

Bundan tashqari, Birlashgan Millatlar Tashkilotining mamlakatimizdagi agentliklari mablag‘lari asosida amalga oshirilayotgan ishlar, grant mablag‘lari asosida qilingan loyihalar mintaqamizni rivojlantirish borasida muhim tashabbuslar bo‘layotgani, yaqin sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida mehmonlar iliq kutib olgani uchun Jo‘qorg‘i Kenges Raisiga minnatdorchilik bildirib, yaqin hamkorlik borasidagi ishlar bundan buyon ham davom ettirilishini bildirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling