O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

Ayollar terma jamoamiz Jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi

Dilafro'z Niyazova · 17.03.2025 · 13:15 · 1771 views
Ayollar terma jamoamiz Jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi
Ayollar terma jamoamiz Jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 6-17 mart kunlari Serbiyaning Nish shahri ayollar o‘rtasida Jahon birinchiligi bahslariga mezbonlik qildi. Elshod Rasulov boshchiligidagi qizlarimiz ushbu musobaqada, shu kungacha bo‘lgan terma jamoamizning natijalarini yangilashdi va tarixga kirdilar. Vakillarimiz yakunlarga ko‘ra, 1 kumush va 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdilar.

Sovrindorlarimiz bilan tanishing:

Kumush medal:

-66 kg: Navbahor Hamidova

Bronza medal:

-48 kg: Farzona Fozilova

-50 kg: Sabina Boboqulova

-52 kg: Feruza Kazakova