Avtobuslarda yo‘lovchi tashish takomillashtiriladi

Avtobuslarda yo‘lovchi tashish takomillashtiriladi

Avtobuslarda yo‘lovchi tashish takomillashtiriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 3 iyun kuni shahar jamoat transporti tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorni tasdiqladi. Hujjat tashuvlar sifatini oshirish, turli transport turlarini integratsiya qilish hamda yo‘l haqi yig‘imini yaxshilashga qaratilgan.

Hujjat shahar va shahar atrofi avtobus tashuvlarini rivojlantirish, shuningdek harakat tarkibini yangilashni rag‘batlantirish choralarini nazarda tutadi. Xususan, 2027 yil 31 dekabrga qadar kamida 60 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan, “Yevro-5” va undan yuqori ekologik standartga javob beradigan yangi import avtobuslar, elektrobuslar va trolleybuslar uchun utilizatsiya yig‘imining nollik stavkasi amal qilish muddati uzaytirildi.

2026 yil 1 sentyabrdan boshlab brutto-kontrakt asosida ishlaydigan va validatorlar bilan jihozlangan avtobus yo‘nalishlarida transport vositasidan chiqish paytida yo‘l haqini to‘lash tartibi joriy etiladi. To‘lov uchun yo‘lovchilar kontaktsiz transport kartalari, bank kartalari, NFC, Bluetooth Low Energy yoki UWB texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlovchi smartfonlar, QR-kodlar, biometrik texnologiyalar hamda boshqa zamonaviy hisob-kitob vositalaridan foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Imtiyozli yoki bepul yo‘l yurish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar uchun ijtimoiy transport kartalaridan foydalanish tartibi nazarda tutilgan. Agar yo‘lovchi belgilangan usullardan biri orqali to‘lovni yoki imtiyoz huquqini tasdiqlamasa, safar biletsiz deb hisoblanadi.

Qarorga muvofiq, 1 sentyabrga qadar Toshkent shahrida jamoat transporti va shahar atrofi elektr poyezdlari uchun to‘lov tizimlarini integratsiya qilish, shuningdek «elektr poyezd — avtobus» va «elektr poyezd — metro» sxemalari bo‘yicha kombinatsiyalashgan tariflarni joriy etish vazifasi yuklatildi.

Bundan tashqari, shahar chegarasidan 5 kilometrgacha tashqariga chiquvchi avtobus yo‘nalishlari shahar yo‘nalishlari toifasiga kiritiladi.

Transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh rejalarida nazarda tutilgan ayrim holatlarda shahar chegarasidan 12 kilometrgacha chiquvchi shahar atrofi yo‘nalishlari ham shahar yo‘nalishlari sifatida belgilanishi mumkin.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling