“Aslcab” kompaniyasi IWMA xalqaro assotsiatsiyasiga a’zo bo‘ldi
“Aslcab” kompaniyasi IWMA xalqaro assotsiatsiyasiga a’zo bo‘ldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga a’zo “Aslcab” kompaniyasi Germaniyada o‘tayotgan "Wire & Tube Düsseldorf 2026" xalqaro ko‘rgazmasi doirasida nufuzli "International Wire & Machinery Association" (IWMA) assotsiatsiyasiga rasman a’zo bo‘ldi.
Ushbu muhim qadam kompaniya uchun global sanoat hamjamiyatiga integratsiyalashuv, xalqaro standartlarga moslashish va eksport salohiyatini kengaytirish yo‘lida yangi bosqichni boshlab beradi.
IWMA a’zoligi “Aslcab” uchun ilg‘or texnologiyalar va innovatsion yechimlarga tezkor kirish, soha bo‘yicha bilim va tajribani oshirish, shuningdek, dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilari va hamkorlari bilan bevosita aloqalarni yo‘lga qo‘yish imkonini yaratadi.
Mazkur a’zolik orqali kompaniya xalqaro loyihalarda faol ishtirok etish, yangi bozorlarga chiqish hamda o‘z brendining ishonchliligini yanada mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.