O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

Argentina JCHda Jazoirni yengdi, Messi xet-trik qildi

UzDaily · 17.06.2026 · 09:50 · 34 views
Argentina JCHda Jazoirni yengdi, Messi xet-trik qildi

Argentina JCHda Jazoirni yengdi, Messi xet-trik qildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Futbol bo‘yicha jahon chempionatining guruh bosqichida Argentina terma jamoasi Jazoir ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuv AQSHning Missuri shtatidagi Kanzas-Siti shahrida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning bosh qahramoni Argentina terma jamoasi hujumchisi va sardori Lionel Messi bo‘ldi. U xet-trik qayd etib, 17, 60 va 76-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Ushbu natija orqali Messi jahon chempionatlaridagi gollari sonini 16 taga yetkazdi va jahon chempionatlari to‘purarlari ro‘yxatida Germaniyalik hujumchi Miroslav Kloze bilan tenglashdi. Kloze hisobida ham 16 ta gol mavjud.

Amaldagi jahon chempioni hisoblangan Argentina terma jamoasi J guruhida ishtirok etmoqda. Ushbu guruhda Avstriya va Iordaniya terma jamoalari ham o‘ynamoqda va ular o‘z uchrashuvini keyinroq o‘tkazadi.

Ikkinchi turda Argentina 22 iyun kuni Avstriyaga qarshi bahs olib boradi. Jazoir esa 23 iyun kuni Iordaniya terma jamoasi bilan maydonga tushadi.

UzDaily · 👁 34 views · 17.06.2026 · 09:50