AQSH Kongressi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — AQSH Kongressi Vakillar palatasining Daromadlar va xarajatlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Jeyson Smit boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda Oliy Majlis Senati xabar berdi.
Amerika delegatsiyasi aʼzolarini Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev kutib oldi.
Tashrif doirasida O‘zbekiston parlamentariylari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi parlamentlararo munosabatlarni mustahkamlash, shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yana-da rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi.