O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

Aliyev — Osiyo Kubogining eng yaxshi to‘purari, Hasanov — eng yaxshi o‘yinchi

Dilafro'z Niyazova · 21.04.2025 · 17:30 · 1250 views
Aliyev — Osiyo Kubogining eng yaxshi to‘purari, Hasanov — eng yaxshi o‘yinchi
Aliyev — Osiyo Kubogining eng yaxshi to‘purari, Hasanov — eng yaxshi o‘yinchi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 17 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi futbolchilari individual sovrinlarga sazovor bo‘ldi.

Asilbek Aliyev musobaqaning eng yaxshi to‘purari deb topildi — u beshta gol urdi.

Turnirning eng yaxshi futbolchisi unvoni esa Sadriddin Hasanovga berildi.

Musobaqaning eng yaxshi darvozaboni deb Neʼmatulloh Rustamjonov eʼlon qilindi.

Eslatib o‘tamiz, final uchrashuvida O‘zbekiston terma jamoasi ikkinchi taymni bir o‘yinchi kamchilikda o‘tkazganiga qaramay, Saudiya Arabistonini 2:0 hisobida mag‘lub etib, Osiyo chempioni bo‘ldi.