Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston delegatsiyasi Ummonning Voltamp Energy kompaniyasi bilan Özbekistonda yuqori kuçlanişli transformatorlar işlab çiqarişni yölga qöyiş va Nura Group iştirokida asosiy butlovçi qismlarni mahalliylaştiriş imkoniyatlarini muhokama qildi.
Muzokaralar delegatsiyaning Ummonga taşrifi davomida bölib ötdi. Bu haqda “Özeltexsanoat” uyuşmasi xabar berdi.
Delegatsiya tarkibidan Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori Baxtiyor Haydarov, “Özeltexsanoat” uyuşmasi raisi Mirziyod Yunusov hamda korxonalar vakillari örin oldi.
Ular Sohar şahridagi Voltamp Power SAOC zavodiga taşrif buyurdi. Delegatsiya yuqori kuçlanişli transformatorlar işlab çiqariş texnologiyalari, sifat nazorati tizimi va kompaniyaning butlovçi qismlarni mahalliylaştiriş böyiça tajribasi bilan tanişdi.
Taşrif yakunlari böyiça Voltamp Energy direktorlar kengaşi raisi Sayyid Ayman bin Hamad al-Busaidiy va kompaniya boş direktori Muhammad Ajmal Başa bilan muzokaralar ötkazildi.
Uşbu taşrif 16 oktyabr kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning al-Busaidiy bilan uçraşuvida erişilgan kelişuvlarning amaliy davomi böldi. Öşanda tomonlar quyoş energetikasi va yuqori kuçlanişli transformatorlar işlab çiqariş sohalaridagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilgan edi.