O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
O‘zbekiston

Ziroat Mirziyoyeva SHHT madaniy tadbirlarida ishtirok etdi

Dilafro'z Niyazova · 02.09.2026 · 11:45 · 30 views
Ziroat Mirziyoyeva SHHT madaniy tadbirlarida ishtirok etdi
Ziroat Mirziyoyeva SHHT madaniy tadbirlarida ishtirok etdi / Foto: Telegram/Ziroat_Mirziyoyeva_First_lady.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida Bishkek shahrida tashkil etilgan madaniy tadbirlarda ishtirok etdi. U bilan birga Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Turkiya va Xitoy birinchi xonimlari ham dasturda qatnashdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbir doirasida birinchi xonimlar qirg‘iz xalqining amaliy-bezak sanʼati ustalari ijodiy ishlari ko‘rgazmasini tomosha qildi.

Shundan so‘ng “Salbuurun” milliy federatsiyasi vakillari mehmonlarga qirg‘iz tayganlari va qo‘lga o‘rgatilgan burgutlarni namoyish etdi. Dastur ishtirokchilari, shuningdek, qadimiy ovchilik anʼanalari haqida maʼlumot berdi.

Madaniy dastur “Enesay” qabullar uyida yakunlandi. Bu yerda yuqori martabali mehmonlar uchun Qirg‘izistonning bolalar musiqa va raqs jamoalari chiqish qildi.