Zarafshon 2,4 ming gektar maydonni o'tkazish hisobiga kengaytiriladi

Zarafshon 2,4 ming gektar maydonni o'tkazish hisobiga kengaytiriladi

Zarafshon 2,4 ming gektar maydonni o'tkazish hisobiga kengaytiriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Majlisda “Navoiy viloyatining Zarafshon shahri va Tomdi tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi palata qarori loyihasi ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanganidek, chegaralarga kiritilayotgan o‘zgartirishlar bilan Navoiy viloyati Tomdi tumanidan 2 459 gektar yer maydoni Zarafshon shahri tarkibiga o‘tkazilishi belgilanmoqda.

Zarafshon shahrining istiqbolli rejasi ishlab chiqilib, uy-joylar, sanoat, ijtimoiy soha va xizmat ko‘rsatish obyektlari quriladi. Jumladan, uzoq muddatli biznes-rejaga asosan hududda 250 dan ortiq sanoat va ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish, 90 ta ijtimoiy soha obyekti, 500 dan ortiq savdo-maishiy va xizmat ko‘rsatish nuqtalari barpo etish rejalashtirilgan.

Majlisda chegaralarga o‘zgarishlar kiritish masalasi tegishli mahalla fuqarolar yig‘inlari, shuningdek, xalq deputatlari Zarafshon shahri va Tomdi tumani Kengashlari hamda viloyat Kengashida muhokama qilinib, chegaralarning kartografik chizmasi va chegaralar chizig‘ining tasnifi ma’qullangani qayd etildi.

Mazkur masala yuzasidan qaror loyihasi deputatlar tomonidan ma’qullandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling