YXHT Samarqanddagi xalqaro uchrashuvda moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha global hamkorlikni qo‘llab quvvatlamoqda

YXHT Samarqanddagi xalqaro uchrashuvda moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha global hamkorlikni qo‘llab quvvatlamoqda

YXHT Samarqanddagi xalqaro uchrashuvda moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha global hamkorlikni qo‘llab quvvatlamoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistondagi YXHTning loyihalar koordinatori O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Global tarmoq kotibiyatlarining yig‘lishini qo‘llab-quvvatladi.

Tadbirda jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash bo‘yicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruh (FATF) hamda FATF ning mintaqaviy tuzilmalar vakillari ishtirok etib, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va institutsional samaradorlikni oshirish masalalarini muhokama qildilar.

Mazkur tadbir O‘zbekistonning global tizimda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishda (AML/CFT) faol ishtiroki ortib borayotganini aks ettiradi. Chunki mamlakatda institutsional salohiyatni mustahkamlash va xalqaro standartlarga muvofiqlikni ta’minlash bo‘yicha izchil ish olib borilmoqda.

Uch kun davomida ishtirokchilar o‘zaro baholash jarayonlarini takomillashtirish, institutsional faoliyat samaradorligini oshirish va mintaqalararo hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha amaliy yechimlarni ishlab chiqish ustida ishladilar. Muhokamalar muvofiqlikni yanada oshirish, ma’muriy yuklamani kamaytirish va muvaffaqiyatli tashabbuslarni kengaytirishga qaratildi. Tadbir natijasida jarayonlarni soddalashtirish, hamkorlikni mustahkamlash hamda moliyaviy jinoyatlarga qarshi yanada samarali jamoaviy choralarni ishlab chiqish kutilmoqda.

“Amaliyotchilarni aynan shu formatda birlashtirish umumiy tamoyillarni amaliy yechimlarga aylantirish imkonini beradi,” dedi O‘zbekistondagi YXHT loyihalar koordinatori ofisining katta loyiha xodimi Silke Kloever. “Yanada mustahkam hamkorlik va samaraliroq institutlar tobora murakkablashib, transchegaraviy tus olayotgan moliyaviy jinoyatlar xavfiga qarshi kurashishda muhim ahamiyat kasb etadi.”

Ko‘p yillar davomida YXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan o‘zaro yaqin hamkorlikda milliy organlar va FATF o‘rtasidagi aloqalarni qo‘llab-quvvatlab, O‘zbekistonning global moliyaviy boshqaruv tizimidagi ishtirokiga ko‘maklashib kelmoqda. Ushbu tadbirni qo‘llab-quvvatlash orqali YXHT mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, AML/CFT bo‘yicha ilg‘or tajriba almashinuvini rag‘batlantirish, shuningdek, samarali iqtisodiy boshqaruv va moliyaviy halollikni ilgari surishga hissa qo‘shmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling