O‘zbekiston

Yangi Toshkentda qurilish obyektidagi yong‘in bartaraf etildi

Yangi Toshkentda qurilish obyektidagi yong‘in bartaraf etildi
Yangi Toshkentda qurilish obyektidagi yong‘in bartaraf etildi / Foto: FVV.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 8 sentyabr kuni Yangi Toshkent tumanida qurilish obyektining yuqori qismida qurilish materiallari yondi. Yong‘in soat 15:40 da to‘liq bartaraf etildi. Jabrlanganlar haqida maʼlumot kelib tushmagan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Yong‘in haqidagi xabar 112 tizimiga kelib tushgan. Yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga tezkorlik bilan yetib borib, yong‘inni bartaraf etishga kirishgan.

Soat 15:40 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

FVV maʼlumotlariga ko‘ra, yong‘in oqibatida jabrlanganlar haqida maʼlumot kelib tushmagan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.