Xolmurodov taekvondo WT bo‘yicha JCHda bronza oldi

Xolmurodov taekvondo WT bo‘yicha JCHda bronza oldi

Xolmurodov taekvondo WT bo‘yicha JCHda bronza oldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Taekvondo WT bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tayotgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi medallar jamg‘armasini yana bir mukofot bilan boyitdi. Mamlakat vakili Shohjahon Xolmurodov navbatdagi muvaffaqiyatga erishdi.

U 45 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida ishtirok etib, ishonchli tarzda yarim finalgacha yetib bordi va shu bilan jahon chempionati sovrindorlari qatoridan joy oldi. Biroq finalga chiqish uchun bo‘lgan bahsda u Tailand vakiliga mag‘lub bo‘ldi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, Xolmurodov turnirni bronza medali bilan tugatib, jahon chempionati sovrindorlaridan biriga aylandi.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling