Xitoyning Xinjiang Weijie kompaniyasi Farg‘onada texnologik park loyihasini taklif qildi

Xitoyning Xinjiang Weijie kompaniyasi Farg‘onada texnologik park loyihasini taklif qildi

Xitoyning Xinjiang Weijie kompaniyasi Farg‘onada texnologik park loyihasini taklif qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Xinjiang Weijie Investment Holding Group” kompaniyasi rahbari Mao Si boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Uchrashuvda xitoylik investorlar tomonidan viloyatimizda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan investitsiya loyihalari muhokama qilindi.

Viloyat hokimi O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida barcha sohalarda munosabatlar jadal rivojlanib borayotgani, Farg‘onada ham xitoylik biznes vakillari bilan samarali hamkorlik olib borilayotganligini qayd etdi.

Kompaniya rahbari Mao Si Farg‘ona viloyatiga investitsiya kiritishga katta qiziqish bildirib, xalqaro standartlar asosida zamonaviy texnopark tashkil etish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi. Ushbu loyiha doirasida sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo kabi yo‘nalishlarda yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘yish,  eksport salohiyatini oshirish ko‘zda tutilgani taʼkidladi.

Viloyat hokimi loyihalarni yana-da takomillashtirish, aniq takliflarni ishlab chiqish zarurligini bildirdi.

Yakunda investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling