Xitoyda Osiyo plyaj o‘yinlari boshlandi

Xitoyda Osiyo plyaj o‘yinlari boshlandi

Xitoyda Osiyo plyaj o‘yinlari boshlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xitoyning Sanya shahrida 22 aprel kuni VI Osiyo plyaj o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Musobaqalar 30 aprel kuniga qadar davom etadi va unda Osiyoning 40 ta davlatidan sportchilar ishtirok etadi.

Ushbu o‘yinlar turli plyaj sport turlarini qamrab olib, butun qitʼadan kelgan ishtirokchilarni birlashtiradi. Ochilish marosimi Toshkent vaqti bilan soat 17:00 ga rejalashtirilgan edi.

O‘zbekiston delegatsiyasi musobaqada bir nechta yo‘nalishlarda, jumladan ochiq suvda suzish, plyaj yengil atletikasi va plyaj voleybolida ishtirok etmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling