O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Xitoy va Yaponiya delegatsiyalari Oʻzbekiston farmatsevtika bozorining salohiyatini oʻrganib chiqdi

Dilafro'z Niyazova · 23.11.2025 · 14:06 · 1610 views
Xitoy va Yaponiya delegatsiyalari Oʻzbekiston farmatsevtika bozorining salohiyatini oʻrganib chiqdi
Xitoy va Yaponiya delegatsiyalari Oʻzbekiston farmatsevtika bozorining salohiyatini oʻrganib chiqdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida Golden Concord Holdings (Xitoy), Ningbo Green-Health Pharmaceutical (Xitoy) va Phytopharma (Yaponiya) kompaniyalarining delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda agentlik direktori Abdulla Azizov mamlakat farmatsevtika sanoatida olib borilayotgan islohotlar, zamonaviy tendensiyalar va infratuzilma haqida maʼlumot berdi.

Xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan qulay imkoniyatlar, soddalashtirilgan tartiblar, soliq va bojxona imtiyozlari, sarmoya kiritishning huquqiy kafolatlari batafsil tushuntirildi.

Delegatsiya tomonidan O‘zbekistonning dorivor o‘simliklar zaxiralari boyligi va tabiiy xom ashyo salohiyatidan kelib chiqib, dorivor o‘simliklar asosida tibbiy mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatlariga katta qiziqish bildirildi.

Tomonlar farmatsevtika sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilib, kelgusida qo‘shma tashabbuslar yuzasidan muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.