O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Xayrullo Bozorov Xitoyning CUCDRI instituti bilan shaharsozlik loyihalarini muhokama qildi.

UzDaily tahririyati · 30.06.2026 · 01:10 · 21 views
Xayrullo Bozorov Xitoyning CUCDRI instituti bilan shaharsozlik loyihalarini muhokama qildi.

Xayrullo Bozorov Xitoyning CUCDRI instituti bilan shaharsozlik loyihalarini muhokama qildi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning shaharsozlik va loyihalash sohasida faoliyat yurituvchi "China urban construction design & research institute Co., Ltd." konsalting kompaniyasi direktori Syue Yuvey boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda shaharsozlik, zamonaviy infratuzilma va hududlarni kompleks rivojlantirish yo‘nalishlarida hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

Viloyat hokimi bugungi kunda mamlakatimizda, xususan, Farg‘ona viloyatida qurilish va shaharsozlik sohasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganini taʼkidlab, mazkur kompaniya bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilishiga ishonch bildirdi.

Syue Yuvey Farg‘ona viloyatining iqtisodiy va investitsion salohiyati, shaharsozlik sohasidagi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishayotganini qayd etib, kompaniya tomonidan zamonaviy shaharsozlik va infratuzilma yo‘nalishida yirik loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirildi.

Muloqot davomida istiqbolli tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.

Viloyat hokimi mazkur yo‘nalishda masʼullar biriktirilishi, hamkorlikda amaliy ishlarni boshlash va loyihalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish muhimligini taʼkidladi.

Uchrashuv yakunida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da rivojlantirish va belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.