O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Iqtisod

Toshkentda eng ko‘p hunarmandlar ro‘yxatdan o‘tgan

Dilafro'z Niyazova · 20.08.2026 · 19:30 · 27 views
Toshkentda eng ko‘p hunarmandlar ro‘yxatdan o‘tgan
Toshkentda eng ko‘p hunarmandlar ro‘yxatdan o‘tgan / Foto: Surat sun'iy intellekti tomonidan yaratilgan.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 23 163 nafar faol hunarmand mavjud bo‘lgan. Hunarmandchilik kasblari vakillari eng ko‘p Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning soni 2 987 nafarni tashkil etgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Faol hunarmandlar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinni Farg‘ona viloyati egallagan. U yerda 2 743 nafar hunarmand ro‘yxatdan o‘tgan. Samarqand viloyatida ularning soni 2 209 nafarni, Andijon viloyatida 2 113 nafarni, Namangan viloyatida esa 2 048 nafarni tashkil etgan.

Xorazm viloyatida 1 919 nafar, Toshkent viloyatida 1 830 nafar, Qashqadaryo viloyatida 1 547 nafar hunarmand ro‘yxatdan o‘tgan. Buxoro viloyatida esa 1 530 nafar faol hunarmand mavjud.

Surxondaryo viloyatida 1 170 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 121 nafar, Jizzax viloyatida 1 032 nafar hunarmand ro‘yxatdan o‘tgan.

Faol hunarmandlar eng kam Sirdaryo va Navoiy viloyatlarida qayd etilgan. Ularda hunarmandlar soni mos ravishda 462 va 452 nafarni tashkil etgan.

Shunday qilib, hunarmandlarning eng ko‘p qismi Toshkent shahriga, eng kam qismi esa Navoiy viloyatiga to‘g‘ri kelgan.