O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Iqtisod

Yangihayotda 110 kVli elektr podstansiya qurildi

Dilafro'z Niyazova · 23.08.2026 · 18:05 · 49 views
Yangihayotda 110 kVli elektr podstansiya qurildi
Yangihayotda 110 kVli elektr podstansiya qurildi / Foto: UzDaily.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahrining Yangihayot tumanida kuchlanishi 110/35/10 kV, quvvati esa 2×80 MVA bo‘lgan yangi elektr podstansiyasi qurildi. Uning quvvatining bir qismi yaqin atrofdagi turar joy massivlari va aholi punktlarini elektr energiyasi bilan taʼminlashni yaxshilashga yo‘naltiriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Yangi podstansiya «Yangi avlod» maxsus sanoat zonasi korxonalarini ham alohida energetika infratuzilmasi bilan taʼminlaydi. Bu sanoat obyektlariga elektr energiyasini maxsus ajratilgan infratuzilma orqali olish imkonini beradi va tuman aholisi foydalanadigan umumiy elektr tarmog‘iga qo‘shimcha yuklama tushishining oldini oladi.

Hokimlik maʼlum qilishicha, yangi obyekt aholini elektr energiyasi bilan yana-da barqaror taʼminlash, amaldagi tarmoqlardagi yuklamani kamaytirish va ularning ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi.

Podstansiya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 22 sentyabrdagi 598-son qaroriga muvofiq qurilgan.