Xayrullo Bozorov Turkiyaning Calibers Way kompaniyasi rahbari bilan investitsiya loyihalarini muhokama qildi
Xayrullo Bozorov Turkiyaning Calibers Way kompaniyasi rahbari bilan investitsiya loyihalarini muhokama qildi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Turkiyaning “Calibers way commercial brokerje” kompaniyasi rahbari Byulent Rejepogluni qabul qildi
Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalarini atroflicha muhokama qildilar.
Muloqot davomida xorijlik investor O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyati uchun yaratilgan qulay biznes muhiti va keng imkoniyatlarni yuqori baholadi. Viloyatda xalqaro oliy taʼlim muassasasining mintaqaviy filialini tashkil etish, logistika sohasidagi loyihalarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Uchrashuv yakunida investitsiyaviy takliflarni amaliy bosqichga o‘tkazish yuzasidan vazifalar va chora-tadbirlar belgilab olindi.