Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkent şahar hokimligi Google Street View xizmatida poytaxtning panoramali tasvirlarini keng kölamda yangilaş işlarini boşladi.
Loyiha doirasida şahar köçalari va turistik obyektlarning yangi suratlarini oliş rejalaştirilgan. Bu orqali ularni xalqaro auditoriyaga namoyiş etiş közda tutilgan. Bu haqda Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Yangilaniş natijasida Google Maps foydalanuvçilari poytaxt köçalari va diqqatga sazovor joylarini virtual tarzda tomoşa qiliş, şahar muhiti bilan tanişiş hamda safar yönalişlarini oldindan rejalaştiriş imkoniyatiga ega böladi.
Panoramali tasvirlar Toşkentda bölmagan holda ham şahar böylab virtual sayr qiliş imkonini beradi.
Hokimlik ta’kidlaşiça, şaharning raqamli tasviri unda yuz berayotgan özgarişlarni ham aks ettirişi kerak.
Yangilangan panoramalar poytaxtning zamonaviy qiyofasini namoyiş etiş va turistik obyektlar haqidagi ma’lumotlarni potensial mehmonlar uçun yana-da qulay qilişga xizmat qilişi kutilmoqda.
Loyihaning ahamiyatini Google Maps‘ning xalqaro auditoriyasi yana-da oşiradi. Hokimlik keltirgan ma’lumotlarga köra, uşbu xizmatdan har oyda 2 mlrd nafardan ortiq kişi foydalanadi.
Şu tariqa, yangilangan tasvirlar Toşkentning turistik salohiyatini xorijda namoyiş etiş uçun qöşimça vositaga aylanişi mumkin.
Xorijiy sayyohlar uçun şahar bilan virtual tanişuv safarga tayyorgarlik jarayonining bir qismi bölişi mumkin. Foydalanuvçilar qiziqtirgan joylarini oldindan körib çiqiş va obyektlarning joylaşuvini baholaş imkoniga ega böladi.
Hokimlik ta’kidlaşiça, taşabbusdan közlangan maqsad — xalqaro auditoriyaga zamonaviy Toşkent va uning turistik imkoniyatlarini namoyiş etiş.
Şu bilan birga, xabarda panoramalarni yangilaş işlari qaçon yakunlanişi va suratga oliş jarayoni qanday tartibda ötkazilişi aniqlaştirilmagan.