Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov Suriya Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi raisining birinçi örinbosari Muhammad Said bilan onlayn muzokaralar ötkazdi.
Uçraşuvda Özbekiston, Qozoğiston va Suriya örtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantiriş, şuningdek, uç mamlakat tadbirkorlari örtasida töğridan-töğri işbilarmonlik aloqalarini yölga qöyiş masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida 10–15 dekabr kunlari Damaşq şahrida uç davlat işbilarmon doiralari vakillari iştirokida xalqaro biznes-forum ötkaziş böyiça kelişuvga erişildi.
Forum doirasida töqimaçilik sanoati, logistika va oziq-ovqat sanoati yönalişlarida B2B uçraşuvlar taşkil etilişi rejalaştirilgan. Ular eksport-import salohiyatini kengaytiriş, yangi hamkorlarni topiş va qöşma loyihalarni amalga oşirişga qaratilgan.
Bundan taşqari, Suriya tomoni 29 noyabr — 5 dekabr kunlari Toşkentda bölib ötadigan «New Uzbekistan: Crossroads of Global Markets» xalqaro forumida yirik suriyalik tadbirkorlarning iştirokini ta’minlaşga tayyorligini bildirdi.
Muzokaralar yakunida tomonlar uç mamlakat örtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş va qöşma loyihalarni amalga oşiriş böyiça işlarni davom ettirişga kelişib oldi.
Suriya tomoni ilgari surilgan taşabbuslarni töliq qöllab-quvvatlaşini ma’lum qildi.