Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2027 yildan boşlab Özbekiston fuqarolarini xorijda işga joylaştiriş bilan işonçli taşkilot maqomini olgan xususiy bandlik agentliklari şuğullanadi.
Xorijda yuqori maoşli işga joylaştirilgan har bir fuqaro uçun agentliklarga 1,5 mln söm miqdorida rağbatlantiruvçi tölov berilişi belgilangan. Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida mehnat migratsiyasining ustuvor masalalariga bağişlab ötkazilgan yiğilişda ma’lum qilindi.
Davlat rahbari işga joylaştiriş xizmatlari sohasida xususiy sektor jadal rivojlanayotganini ta’kidladi. Ikki yil avval litsenziya talablari soddalaştirilganidan keyin xususiy bandlik agentliklari soni uç barobarga, ular tomonidan xorijga işlaş uçun yuborilgan fuqarolar soni esa beş barobarga oşdi.
Şu bilan birga, Prezident sohada ayrim muammolar, jumladan, agentliklar faoliyatidagi xatolar, korrupsiya va iş izlovçilarni aldaş holatlari saqlanib qolayotganini qayd etdi. Tartibga soliş tizimini takomillaştiriş maqsadida bozor iştirokçilari faoliyatining huquqiy asoslarini belgilaydigan alohida qonun qabul qilindi.
Joriy etiladigan yangi mexanizmlardan biri xususiy bandlik agentliklari reytingini şakllantiriş tizimi böladi. U agentliklar faoliyatining şaffofligini oşiriş va kompaniyalar iş natijalarini baholaşga xizmat qilişi kerak. Asosiy mezonlar qatorida amaldagi iş joyining e’lon qilingan şartlarga muvofiqligi, mehnat migrantlari huquqlarining himoya qilinişi, iş haqi darajasi va ijtimoiy kafolatlarning mavjudligi belgilangan.
Çet elda işlaşni rejalaştirayotgan yoş fuqarolarni kasbga tayyorlaş masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Kasblar va xorijiy tillarni örgatişni taşkil etiş uçun xususiy öquv markazlariga texnikumlar binolaridan xonalar bepul beriladi.
Bundan taşqari, öquv markazlariga xorijdan jalb qilingan öqituvçilar va ekspertlarga tölovlarni amalga oşirişda 1 foizlik ijtimoiy soliq stavkasini qöllaşga ruxsat beriladi. Ular tomonidan öquv maşğulotlarini taşkil etiş uçun olib kiriladigan uskunalar bojxona bojlaridan ozod qilinadi.
Mas’ul idoralarga bir oy muddatda bandlik sohasini yana-da rivojlantirişga qaratilgan qaror loyihasini tayyorlaş topşirildi.
Tegişli taşkilotlar faoliyatini ijtimoiy xizmat körsatiş sifatida e’tirof etiş közda tutilmoqda. Bu esa soliqqa tortiş tartibini soddalaştiriş imkonini beradi.
Yangi çora-tadbirlar xorijda işga joylaştiriş xizmatlari sifatini oşiriş, xususiy agentliklar mas’uliyatini kuçaytiriş va fuqarolarning kasbiy tayyorgarlik imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan.