Iqtisod

Toşkentda avtobuslar uçun 17,9 km alohida yölak taşkil etiladi

Toşkentda avtobuslar uçun 17,9 km alohida yölak taşkil etiladi
Toşkentda avtobuslar uçun 17,9 km alohida yölak taşkil etiladi / Foto: Videodan kadr.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkent şahar hokimi poytaxtning törtta köçasida umumiy uzunligi 17,9 km bölgan avtobuslar uçun alohida yölaklar (BRT) taşkil etiş töğrisida qaror imzoladi.

2026 yil 29 oktyabrdagi hujjat bilan şaharning markaziy köçalarini ta’mirlaş böyiça manzilli işlar röyxati ham tasdiqlangan.

Eng uzun, 6,3 kmlik yölak Mirzo Uluğbek tumanidagi Mirzo Uluğbek şohköçasidan ötadi. Şuningdek, Yakkasaroy va Çilonzor tumanlari hududidan ötuvçi Mukimi köçasida 4,6 km, Şayxontohur tumanidagi Qoratoş va Kökça-Darvoza köçalarida 4,2 km, Mirzo Uluğbek tumanidagi Parkent köçasida esa 2,8 km alohida avtobus yölaklari taşkil etiladi.

Qaror Toşkent köçalarida jamoat transportining ustuvorligini oşiriş va aholi uçun qöşimça qulayliklar yaratişga qaratilgan. U Toşkent şahrini 2030 yilgaça ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisidagi 2023 yil 26 iyuldagi PF-112-son Prezident farmoniga muvofiq, şuningdek, hokim örinbosarining transport va yöl infratuzilmasi masalalari böyiça murojaati inobatga olingan holda qabul qilingan.

Ta’mirlaş va quriliş işlariga buyurtmaçi etib «Toşkent Invest kompaniyasi» AJ belgilandi. Kompaniya qonunçilikda belgilangan tartibda boş loyihaçi, boş pudratçi hamda texnik nazorat taşkilotini yoki muhandis-maslahatçilarni aniqlaşi kerak.

Şuningdek, unga loyihalarni işlab çiqiş va ular böyiça «Loyihalar va xaridlar samaradorligini oşiriş markazi» davlat muassasasining ijobiy xulosalarini oliş vazifasi yuklatildi.

Işlar tijorat banklari kreditlari, Toşkent şahar hokimligining Yöl va transport infratuzilmasini rivojlantiriş jamğarmasi hamda Toşkent şahrini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari hisobidan moliyalaştiriladi. Oxirgi jamğarma hisobidan buyurtmaçining xarajatlari va loyiha hujjatlarini işlab çiqiş uçun dastlabki hisob-kitoblarga köra 6,5 mlrd söm yönaltiriladi. Markaz xulosasi olinganidan keyin mablağ miqdori qayta hisoblanadi, qolgan qismi esa jamğarmaga qaytariladi.

Hokim örinbosarlari Abdurahmon Baxtiyov va Obidjon Muminov kommunal xizmatlar bilan birgalikda yöllarni ta’mirlaş boşlanguniga qadar muhandislik tarmoqlarini quriş, köçiriş va ta’mirlaş işlari yakunlanişini ta’minlaşi kerak.

Quduqlar va kommunikatsiyalarni ta’mirlaş hamda köçiriş xarajatlari ular balansida bölgan taşkilotlar hisobidan qoplanadi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.